Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13–16-dekabr kunlari tog‘larda yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilinadi:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida (Chotqol tog‘ tizmasi);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.