12-dekabrda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq, ba’zi joylarda 15° iliqqacha, janubda 14-19° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-6° iliq.