Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram kunlari aholi xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida quyidagi hududlarda transport vositalari harakatiga cheklovlar joriy etiladi.

2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 15-yanvargacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda:

  • Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining nazorat-qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi va Buyuk Turon ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.

2025-yil 17-dekabrdan 2026-yil 5-yanvargacha Taras Shevchenko sayyohlik ko‘chasida:

  • Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi bilan kesishmasidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
  • Said Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi.