2025-yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonda 1,7 mingdan ortiq kishi taqiqlangan o‘simliklarni yetishtirgani uchun sudlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jinoyat kodeksining 270-moddasi (O‘stirish taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan 1 748 nafar shaxs sudlangan. Shundan 191 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 1 557 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va shartli hukm qilish) tayinlangan.
To‘rt nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan. O‘tgan yili tegishli modda bilan 1 ming 875 kishi sudlangan.