Bojxona organlari Koreyadan keltirilgan protein partiyasida pregabalin borligini aniqladi.
Surxondaryo viloyati Denov shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 30 yoshli fuqaro Koreyadan uning nomiga yuborilgan yukni olayotgan vaqtida ushlangan.
Hujjatlarda sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan yukda aslida 1200 kapsula kuchli ta’sir qiluvchi pregabalin moddasi bor edi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov xulosasi kutilmoqda.