15-dekabr kuni Toshkentdan Jiddaga uchgan 9S-3306 reysi bortdagi favqulodda tibbiy vaziyat tufayli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Air Samarkand xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parvoz vaqtida keksa yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Roman Degtev boshchiligidagi Air Samarkand ekipaji tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yaqin aeroportga shoshilinch qo‘nishga qaror qildi, samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirildi.

Brigadir Svetlana Bolkonskaya boshchiligidagi bortkuzatuvchilar ekipaji yo‘lovchiga qo‘nishdan oldin barcha yordamni ko‘rsatdi, shundan so‘ng yerda mahalliy shifokorlar reanimatsiya tadbirlarini o‘tkazdi. Yo‘lovchining ahvoli barqarorlashtirildi, shundan so‘ng shifokorlar uni mahalliy klinikaga davolash uchun olib ketishdi.

Reys yonilg‘i quyilgandan so‘ng taxminan 2 soat kechikish bilan Toshkentga parvozni davom ettirdi va mahalliy vaqt bilan 9:49 da muvaffaqiyatli qo‘ndi.