G‘ulomov Abdulaziz Abdullayevich Toshkent davlat transport universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tegishli tayinlov O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan.

Bungacha Abdulaziz G‘ulomov Toshkent davlat transport universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori edi.