O‘zgidromet 17-22 dekabr kunlari kutilayotgan yomg‘ir va qor yog‘ishi munosabati bilan fuqarolarga shoshilinch murojaat e’lon qildi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik tufayli bir qator hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi:
- Qashqadaryo viloyati bo‘yicha: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati bo‘yicha: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati bo‘yicha: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati bo‘yicha: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati bo‘yicha: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tog‘ tizmasi);
- Namangan viloyati: Pop tumanida.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.