Toshkentda BLS International bilan hamkorlikda Kipr viza markazi ochildi. Bu haqda Kiprning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.

15-dekabrdan boshlab arizachilar markazda viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Viza markazida ariza berish xizmati QQSsiz 1,5 yevro turadi.

C toifasini rasmiylashtirishda viza to‘lovi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 45 yevroni, 12 yoshdan boshlab esa 90 yevroni tashkil etadi. Ariza topshirish uchun oldindan yozilish shart emas. Viza markazi Seoul Plaza biznes markazida joylashgan.