Buxoro viloyatida Afg‘onistondan olib kelingan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jondor tumani hududida Buxoro—Qorako‘l yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Gentra rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Transport vositasida Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro va xorijlik fuqaro bo‘lgan.

Tekshiruv davomida avtomashina salonida Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan va Buxoro hududidagi yashirin joyga yashirilgan 4 kg 715 gr “opiy” moddasi borligi aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar ushlangan.