Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida voyaga yetmaganlar ishtirokida noqonuniy diniy ta’lim tashkil etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat yuzasidan izoh berdi.

Organ ma’lumotlariga ko‘ra, ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u to‘liq nazorat ostida. Tegishli idoralar bilan hamkorlikda bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda.

Endilikda bolalarni qonuniy ta’lim tizimiga qaytarish, ularning ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish, ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish choralari ko‘rilmoqda.