17-dekabr kuni Qarshi xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishda cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yomg‘ir va tuman tufayli Ural Airlines aviakompaniyasining Moskva-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha SVR2457 reysi ekipaji Samarqandga muqobil aerodromga borishga qaror qildi.

Aeroport faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarning amal qilish muddati haqida ma’lumot berilmagan.