Prezidentning Toshkentni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishida poytaxtga kirish qismida avtoturargohlar yaratish chorasi e’lon qilindi. Bu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilindi.
Bir nechta xabarlarda poytaxtga kirishni cheklash uchun avtoturargohlar joriy etilayotgani ta’kidlangan. Bunday avtoturargohlarni yaratish poytaxtga tashrif buyuruvchilarning kirishini cheklash yoki avtomobil harakatini taqiqlash uchun mo‘ljallanmagan. Avtoturargohlar Toshkentga tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulaylik sifatida joriy etilmoqda.
Haydovchilar o‘z mashinalarini ushbu joylarda to‘xtashlari va qulay jamoat transportidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Dunyoning yirik shaharlarida keng qo‘llaniladigan bunday yechimlar fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik sifatida taqdim etiladi.