17-dekabr kuni kunduzi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunning birinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) bo‘ladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi mavjud. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.