18-dekabr kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubiy hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuqdan 3° issiqgacha bo‘ladi.

Poytaxtda qor, tuman. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushgan. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq.