Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi taklifiga binoan 18-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokio shahrida qator oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari diqqat markazida.

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” davlat rahbarlari muloqotining birinchi sammitida ham ishtirok etadi.