Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatining Urgut shahriga tashrif buyurdi.

Safar doirasida Saida Mirziyoyeva Samarqanddan yangi temir yo‘lni ko‘zdan kechirdi, u erkin iqtisodiy zonani shakllantirishda muhim infratuzilma elementiga aylanishi, shuningdek, tadbirkorlar va yo‘lovchilar uchun masofani va xarajatlarni qisqartirishi kerak.

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishdim. Asosiy maqsad — hududni tranzit nuqtadan iqtisodiy faollikning to‘laqonli lokatsiyasiga aylantirish. Yangi logistika markazi kuniga 100 tagacha yuk mashinasiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Bu yerda logistika faqat tashish emas, balki mahsulot qiymatini oshiruvchi bosqich sifatida ko‘rilmoqda. Bojxona jarayonlarida byurokratiya qisqarib, tezlik va shaffoflik oshiriladi, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Shu yerning o‘zida kuniga 200 nafarga yaqin bemorga xizmat ko‘rsatadigan diagnostika markazi, savdo markazida 800 nafar tadbirkorning ishlashi uchun sharoit yaratiladi. Loyihaning amalga oshirilishi Tojikiston fuqarolariga pasport nazoratidan o‘tmasdan, ortiqcha hujjatlarsiz va uzoq navbatlarsiz savdo va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi, bu esa transchegaraviy hamkorlikni sezilarli darajada soddalashtiradi va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.

Shuningdek, PA rahbari Urgutning chekka qishloqlaridan biridagi “Navoiy” poliklinikasida ham bo‘ldi. U 1972-yilda qurilgan bo‘lib, ko‘pdan buyon kapital ta’mirga, ishni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishning yangi standartlariga muhtoj.

Muassasa 13 mingdan ortiq mahalla aholisiga birlamchi yordam ko‘rsatadi, 16 ga yaqin qishloq uchun bu tug‘ruq qabul qilinadigan yagona eng yaqin muassasadir.

Bu holat bitta poliklinikaning muammosi emas. Bu — birlamchi tibbiy xizmat tizimida mavjud bo‘lgan katta muammolarning aksi. Oldimizda diagnostika va davolash standartlarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash vazifalari turibdi. Mutaxassislar bilan birgalikda viloyat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi master-rejani batafsil ko’rib chiqdik, — Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbari viloyat sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash bo‘yicha yangi master-rejani atroflicha o‘rgandi. Bunga nafaqat binolarni ta’mirlash, balki birlamchi tibbiy yordam tizimiga yondashuvning o‘zini qayta ko‘rib chiqish ham kiradi.

Bugun ko‘rganlarim shuni yana bir bor isbotladi: sog‘liqni saqlashdagi muammolarni faqat hisobot va hujjatlar asosida baholab bo‘lmaydi, — dedi Saida Mirziyoyeva.