18-dekabr kuni Toshkentning Bektemir tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Shu munosabat bilan soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:

  • Husayn Boyqaro, Abay, Bektemir, Ustozlar mahallalari aholisi.