19-dekabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva The Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti, 7 karra “Emmi” mukofoti sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, rasmiylar O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontentini ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy xabga aylantirishni maqsad qilgan.

Gollivud mutaxassislari bilan birgalikda animator, rejissyor va ssenaristlarning yangi avlodini tayyorlash rejalashtirilgan. Hayma Vashington mamlakatdagi islohotlarga qiziqish bildirdi va tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda “Disney”ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirdik.

Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan “Cinema Park” kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan “Disneyland” tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor, — dedi Saida Mirziyoyeva.