Kecha bo‘lib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng, 19-dekabr kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati 0-5 daraja iliq, janubda 6-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 1-3° iliq bo‘ladi. Shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol kuchsiz. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.