Toshkentning Olmazor tumanida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Respublika elektr tarmoqlari filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar “Sag‘bon” podstansiyasida rejalashtirilgan modernizatsiya ishlarini amalga oshiradi.
Shu munosabat bilan 19–23-dekabr kunlari quyidagi manzillarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin:
- Ahil, Bo‘stonobod, G‘alaba, Gulsaroy, Islom ota mahallalari;
- Istiqbol, Moyariq, Oltinsoy, Paxta, Qichqiriq, Tabassum;
- Tepaguzar, Umid, Yangi Toshkent, Yoshlik va Elparvar.