O‘zbekiston davlat organlariga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan yangi yil korporativlarini o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalarining byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ tadbirlar o‘tkazish va bayram ziyofatlarini tashkil etish taqiqlanadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari ishdan tashqari vaqtda o‘z mablag‘lari va rag‘batlantirish to‘lovlari hisobidan yangi yil tadbirlarini tashkil etishga haqli.