Andijon viloyatidagi buyum bozori hududida qo‘lbola savdo rastasi qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 21-dekabr kuni soat 11:00 larda Xo‘jaobod tumanida sodir bo‘lgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, tadbirkor kerakli talablarga javob bermaydigan konstruksiyani o‘zboshimchalik bilan o‘rnatgan. Yuqori qismga ko‘p miqdorda og‘ir qishki kiyimlar qo‘yilgan, bu esa qulab tushishga olib kelgan.
Hodisa oqibatida savdo rastasi egasi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.