16-21-dekabr kunlari Antaliyada 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

O‘zbekiston terma jamoasi yuqori tayyorgarlik ko‘rdi va turnir yakunlariga ko‘ra jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza. Ushbu natija evaziga O‘zbekiston terma jamoasi shohsupaning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ikkinchi o‘rin 8 ta medalni qo‘lga kiritgan Turkiya terma jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikni FIDE jamoasi 6 ta medal bilan yakunladi.

Qozog‘iston terma jamoasi 9 ta kumush va 4 ta bronza — jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, yakuniy hisobda 8-o‘rinni egalladi.