Rossiyada Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmonga Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mukofotni Vladimir Putin huzurida xalqaro mukofotni uning hay’ati raisi, Mariinskiy teatri badiiy rahbari va bosh direktori, Rossiya Katta teatri bosh direktori, dirijyor Valeriy Gergiyev topshirdi. Uch mamlakat prezidentlari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun faxriy mukofotga sazovor bo‘ldi.
Hakamlar hay’ati qarorida qayd etilishicha, 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida uch davlat rahbarlari Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma va Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi Xo‘jand deklaratsiyasini imzolab, xalqaro huquq ustuvorligi asosida umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shdilar.
Mukofot insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlik ramzi bo‘lib, Markaziy Osiyoni tinchlik, farovonlik va bunyodkorlik makoni sifatida shakllantirishga qo‘shilgan umumiy hissani e’tirof etish sifatida qaraladi. Qardosh O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning o‘zaro munosabatlarida yangi sahifa ochilishi uch mamlakat xalqlarining siyosiy irodasi va ishonch hamda yaxshi qo‘shnichilikka intilishi tufayli amalga oshdi.