22-dekabr kuni kunduzi Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq.