Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar bir kun dam olishlari mumkin bo‘ladi, 31-dekabr esa shaharliklar uchun bayramoldi ish kuni bo‘lib, ish davomiyligi kamida 1 soatga qisqaradi.

MKning 187-moddasiga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar fuqarolar uchun dam olish kuni bo‘ladi. Keyinchalik, 2-yanvar, juma kuni barcha uchun ish kuni, 3-yanvar, shanba kuni — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni va olti kunlik ish haftasida ishlovchi fuqarolar uchun ish kuni bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, 4-yanvar yakshanba kuni mamlakatning barcha fuqarolari uchun odatiy dam olish kuni bo‘ladi. Qayd etish joizki, qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘yicha hali alohida qaror qabul qilinmagan.

UPD: Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni qabul qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari besh kun dam oladi.