O‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket besh kun dam oladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra:
- 2025-yil 31-dekabr, chorshanba — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (ish haftasining turidan qat’i nazar);
- 2026-yil 1-yanvar, payshanba — dam olish kuni;
- 2026-yil 2-yanvar, juma — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (ish haftasining turidan qat’i nazar);
- 2026-yil 3-yanvar, shanba — olti kunlik ish haftasida xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 2026-yil 4-yanvar, yakshanba — dam olish kuni.