Yangi yil bayrami arafasida “Temiryo‘lekspress” AJ qo‘shimcha Afrosiyob tezyurar poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand (2025-yil 26 – 31-dekabr va 2026-yil 4-yanvar):
- Samarqand vokzalidan — soat 10:55 da (775-sonli poyezd);
- Toshkent markaziy vokzalidan — soat 13:56 da (776-sonli poyezd).
Buxoro (30 – 31 dekabr):
- Toshkent markaziy vokzalidan — 06:10 da (778-sonli poyezd);
- Buxoro vokzalidan — soat 18:08 da (77-sonli poyezd).
Temir yo‘l chiptalarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy veb-sayti va mobil ilovasi, shuningdek, temir yo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin.