25-dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Havo harorati kunduzi 0-13° iliq, shimoli-g‘arbda 5° iliqqacha, markaziy viloyatlarda 12-13° iliqqacha, sharqda 8° iliqqacha, janubda 13° iliqqacha bo‘ladi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 3-8° iliq, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.