Namangan viloyatida 7 yoshli qizni zo‘rlagan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jinoyatchi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish), 118-moddasi 4-qismi (Nomusga tegish) va 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan aybdor deb topilgan.
Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoning dastlabki 3 yilini turmada, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘tash. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandi bilan erkak o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan.
Taraflar birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida va qonunda belgilangan muddatlarda Namangan viloyat sudiga shikoyat berishga va protest bildirishga haqli.