Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgiladi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.
Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turlaridan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan:
- 2-yanvar, juma;
- 28-may, payshanba;
- 29-may, juma;
- 31-avgust, dushanba.
Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun:
- 3-yanvar, shanba;
- 30-may, shanba;
- 3-dekabr, payshanba.
2026-yilda “8-mart — Xotin-qizlar kuni” bayrami yakshanba – dam olish kuniga, shuningdek, “21-mart — Navro‘z” bayrami va “9-may — Xotira va qadrlash kuni” bayramlari shanba — besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari 2026-yil 9-mart dushanba, 23-mart dushanba va 11-may dushanba kunlariga ko‘chiriladi.
Farmonda 2026-yilda besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kunini 12-dekabr shanbadan 31-dekabr payshanbaga ko‘chirish topshirildi.
Ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy shart-sharoitlarga ko‘ra (uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga kundalik xizmat ko‘rsatish, vaxta usulida ishlash va boshqalar) to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan ishlar bayram va ishlanmaydigan kunlarda bajarilganda, dam olish kunlarini ko‘chirish amalga oshirilmaydi, — deyiladi hujjatda.