Yusuf Al-Utaybiy Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi sifatida diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Elchi janoblariga mamlakatimizdagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deyiladi xabarda.