26-dekabr kuni Toshkentda Milliy gvardiya harbiy orkestrlari jamoalari tomonidan “Qorbobolar paradi” bo‘lib o‘tadi.

Qorbobo libosidagi musiqachilar bayram kompozitsiyalarini ijro etib, quyidagi marshrutlar bo‘ylab yurishadi:

  • soat 19:00 da — Amir Temur xiyobonidan Markaziy Yangi yil archasi tomon sayr xiyoboni bo‘ylab;
  • 20:30 da — Magic City majmuasi hududida yangi yil archasiga asosiy kirish joyidan;
  • 21:30 da — Tashkent City Mall savdo markazidan Tashkent City sayilgohida joylashgan Yangi yil archasigacha.