25-dekabr kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida elektr ta’minoti qisman o‘chirildi. Bu haqda Poytaxt elektr tarmoqlari filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Korxona ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 16:00 gacha quyidagilar elektrsiz qoldirildi:
- Yunusobod tumani – Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Turon, Bodomzor, Shayx Shivli, Yangi Tarnov, Firdavsiy, Xiyobontepa va Bo‘zsuv mahallalari;
- Mirzo Ulug‘bek tumani – Katta Darxon va Oqqo‘rg‘on mahallalari.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.