O‘zgidromet sinoptiklari 2025-yilning so‘nggi dam olish kunlaridagi ob-havo haqida ma’lumot berdi.
26-dekabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Navoiy viloyatining shimolida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda qor yog‘adi. Havo harorati 3-8 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Shanba kuni faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. 28 dekabrda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati dam olish kunlari ko‘tariladi, shanba kuni 7-10 daraja iliqqacha, yakshanba kuni 10-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda 26-dekabr kuni kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 4-6° iliq bo‘ladi. Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni tushdan keyin yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan, kuchsizdan o‘rtachagacha.