O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan bino yoki avtomobilni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari oshiriladi. Bu haqda kelgusi yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda so‘z boradi.
Hujjatga ko‘ra, kelgusi yilda ijaraning eng kam stavkalari o‘rtacha 7 foizga oshiriladi. Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarini soliqqa tortishda qo‘llaniladi.
