29-dekabrda kunduzi Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq, shimolda 7-12° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 9-14 m/s. Harorat 3-8° iliq