29-dekabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi ayrim joylarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uzilishlar avariya holatlarining oldini olish maqsadida elektr tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan soat 10:30 dan 18:00 gacha chiroqsiz qoldi:

  • Bog‘bon mahallasi, Murabbiylar, To‘larik, Ilg‘or, Xonariq, Arg‘in, Yangi hayot, Bahor ko‘chalari.

Ishlar uskunalarni almashtirish va yangilash, ortiqcha yuklanishlardan himoya qilishni yaxshilash, shuningdek, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishni nazarda tutadi. Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng, elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.