2026-yil 1-yanvarda mamlakatda 1094 nafar chaqaloq tug‘ilgan, shundan 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida qayd etilgan – 138 nafar. Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (135), Samarqand (125), Qashqadaryo (121) va Namangan viloyatlari (110) bormoqda.

Tug‘ilgan 17 nafar egizakning 15 nafari egizak, 1 nafari uch egizak va 1 nafari to‘rt egizak bo‘lib, jami 37 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Shifokorlar ularga ma’lum standartlar bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda yangi yilning birinchi kunida mamlakatda 1111 nafar, 2021-yilda 1086 nafar, 2022 yilda 1448 nafar, 2023-yilda 1312 nafar, 2024-yilda 1043 nafar, 2025-yilda 1040 nafar chaqaloq tug‘ilgan.