O‘zbekistonda beshta davlat bankini xususiylashtirmoqchi. Bu haqda yangilangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida aytilgan.
Hujjat QHTBTda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Hozirda to‘qqizta bank davlatga tegishli: Milliy bank, Agrobank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank, Aloqabank va Turonbank.
2026-yilda davlat banklari soni sakkiztagacha qisqaradi, 2030-yilga kelib esa davlat faqat to‘rtta bankka egalik qiladi. Shunday qilib, har yili kamida bitta davlat bankini xususiylashtirish rejalashtirilgan.