O‘zbekistonda 2025-yilda inflyatsiya 7,3 foizga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.

Organ ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 5,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,1 foizga, xizmatlar 13,9 foizga qimmatlashgan.

Yil davomida eng ko‘p oshgan narxlar:

  • sitruslar — 33,6%;
  • karam — 31,8%;
  • qo‘y go‘shti — 26,8%;
  • suyaksiz mol go‘shti — 25%;
  • suyakli mol go‘shti — 23,9%;
  • paxta moyi — 17,7%;
  • bodring — 16%;
  • kungaboqar moyi — 12,7%;
  • sabzi — 10,8%;
  • baqlajon — 8%;
  • sut — 5,7%;
  • parranda go‘shti — 3,7% dan 4,2% gacha;
  • pomidor — 2,6%;
  • oliy navli undan tayyorlangan non — 1,6%.

Arzonladi:

  • guruch — 16,6%;
  • bulg‘or qalampiri — 14,9%;
  • tuxum — 14,5%;
  • shakar — 4,8%;
  • un — 4,7%.