O‘zgidromet 2026-yilning yanvar oyi uchun ob-havo prognozini taqdim etdi.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 1–2-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 3-yanvarda respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib keladi, respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Markaziy va janubi-sharqiy hududlarda 4-yanvar kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik saqlanib turadi.

Kelgusida birinchi o‘n kunlikning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Havo harorati asosan kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Ikkinchi o‘n kunlikda harorat kechalari 1-6 daraja iliqdan 1-6 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Respublika shimolida kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 5-10 daraja sovuq, ba’zi joylarda 13-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Uchinchi o‘n kunlikda harorat kechalari 7-12 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha; respublika shimolida kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 22-25 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 13-15 daraja sovuqqacha pasayishi bilan sovuq to‘lqini bo‘lishi mumkin.