“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Xabarovskda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosiga munosabat bildirib, vatandoshlarga murojaat qildi.

Deputat Rossiyadagi vatandoshlarni “aqlni ishlatishga” va imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi.

Ishoning, vaziyat oy sayin yomonlashib bormoqda. Rossiya maxsus xizmatlari Rossiyadagi Markaziy Osiyodan kelganlarni kutilayotgan tartibsizliklarning potensial ishtirokchilari sifatida ko‘radi, shuning uchun u yerda ularning mehnatining afzalliklaridan allaqachon voz kechilgan, — deb yozdi Qodirov.

Alisher Qodirovning aytishicha, hech qanday daromad “ota-onalar va bolalar”ning ko‘z yoshlariga arzimaydi.