6-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kunduzi 2-11 daraja iliqni, shimoli-g‘arbda 2-7 daraja iliqni, markaziy viloyatlarda 5-10 daraja iliqni, sharqda 2-7 daraja iliqni, janubda 6-11 daraja iliqni tashkil etadi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushadi, qor ko‘chishi xavfi bor, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.