Foto: AP

O‘zbekistonda 2030-yilga borib aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining yangilangan loyihasida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 75,5 yoshni, 2027-yilda 76 yoshni, 2028-yilda 76,8 yoshni, 2029-yilda 77,5 yoshni, 2030-yilda 78 yoshni tashkil etishi kerak.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun hukumat sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni kuchaytirmoqchi. Tibbiyotga byudjet xarajatlarining ulushi 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirilishi, sog‘liqni saqlashga davlat xarajatlarining umumiy hajmi esa yalpi ichki mahsulotning kamida 5 foizini tashkil etishi kerak.

Strategiya, shuningdek, erta o‘limni kamaytirishi kerak. Hukumat 30 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklaridan erta o‘limni 27 foizga, saraton kasalliklaridan o‘limni esa 5,2 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, strategiyani amalga oshirish nafaqat umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi, balki uning sifatini ham oshirishi kerak — profilaktika, erta tashxis qo‘yish va aholi uchun tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash orqali.