O‘zbekistonda Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi, u turli muassasalarda ta’mirlash va qurilish ishlarini moliyalashtiradi. Bu haqda Norma portali yozmoqda.

Jamg‘arma Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi. Uning 50 foizini mamlakat ijro etuvchi hokimiyat organlari mablag‘lari tashkil etadi, yana 2 trln so‘mni 2025-yilda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasidan oladi.

Unga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar yo‘naltiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yangi maktablar qurish, mavjud o‘quv muassasalarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy jihozlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilgan.