Gruziya 2026-yil 1-yanvardan boshlab chet elliklar uchun mamlakatga kirish bo‘yicha yangi talablarni belgiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports ogohlantirmoqda.

Barcha chet el fuqarolari Gruziya hududida bo‘lishning butun davri uchun amaldagi tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishlari kerak. Polis bo‘lmagani uchun jarima: 300 lari (taxminan 1,3 mln so‘mga teng).

Majburiy tibbiy polis talablari:

  • til — polis ingliz yoki gruzin tilida rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak;
  • amal qilish muddati — qamrov Gruziyada bo‘lishning butun davriga tatbiq etilishi kerak.

Minimal qamrov:

  • shoshilinch ambulatoriya xizmatlari: kamida 5 000 dollar;
  • statsionar davolanish (shu jumladan baxtsiz hodisalar, jarohatlar, kasalliklar, evakuatsiya va repatriatsiya): kamida 30 000 dollar;
  • qo‘shimcha: Mamlakatning tog‘li hududlariga sayohat qilish uchun alohida talablar mavjud.

Hujjat yoningizda bo‘lishi kerak (mobil qurilmada elektron shaklda yoki chop etilgan shaklda). Polis mamlakatga kirishda ham, mamlakat ichidagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ham so‘ralishi mumkin.