Bu hafta O‘zbekiston bo‘ylab quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, shimolda 6-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-8 yanvarda 6-9 daraja iliq, 9 yanvarda 9-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 5-8 yanvarda 7-9 daraja iliq, 9 yanvarda 10-12 daraja iliq bo‘ladi.