Toshkentda Mirzo Ulug‘bek tumani Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sultoniya ko‘chasida olib boriladigan ta’mirlash ishlari sababli 12-yanvarga qadar ko‘chadan o‘tish taqiqlanadi. Ushbu davrda rasmiylar yondosh hududlarda ham harakatni cheklashni rejalashtirmoqda.
Sho‘rtepa ko‘chasi, 1-Sho‘rtepa va 5-Sultoniya berk ko‘chalarida. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ushbu davrda aylanma yo‘nalishlardan foydalanish so‘raldi.